“SAZ LE-60” rusumli avtobuslarning navbatdagi partiyasi poytaxtimizga olib kelindi

13:19 27 Iyun 2022 Jamiyat
820 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan, Toshkent shahar jamoat transporti harakat tarkibini 673 dona elektrobus hamda 1063 dona oʻrta va katta sigʻimli yangi avtobuslar bilan yangilash belgilangan.

Joriy yilning 24-iyun kuni, “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan “SAZ LE-60” rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufiga topshirildi. 

Tez kunlarda mazkur avtobuslar belgilangan yoʻnalishlarda poytaxtimiz aholisi va yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 50 dona olib kelingan boʻlib, endilikda ularning soni 60 donaga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер