Saratonning oldini olishda yordam beradigan eng oddiy mahsulotlar qaysilar?
Buyuk Britaniyaning Uorik va Norvegiyaning Tromsyo universitetlari olimlari tomonidan hamkorlikda shu boʻyicha loyiha amalga oshirildi.
Maʼlum boʻlishicha, bir nechta isteʼmol mahsulotlari organizmda faol autofagiya jarayoni ishga tushishiga turtki berar ekan. Natijada bu qator kasalliklar, jumladan, saratondan himoyalanish imkoniyatini yaratishi qayd etildi.
Mutaxassislarning aytishicha, ularni tanovul qilish, xususan, yoʻgʻon ichak saratoni, qoʻzgʻatilgan yoʻgʻon ichak sindromi, Kron kasalligi va yoʻgʻon ichak yalligʻlanishining oldini oladi.
Maʼlumot uchun, autofagiya — bu organizmning oʻsimta rivojlanishiga olib keladigan hujayra qismlari zararlanishini mustaqil bartaraf etish jarayonidir. Tadqiqot mualliflari autofagiyani anor, qizil uzum, nok, qoʻziqorin, yasmiq, soya va yashil noʻxat tarkibida mavjud boʻlgan tabiiy qoʻshilmalar faollashtirishini taʼkidlashdi.
“Ularning isteʼmoli shamollash jarayonlariga qarshi kurashishda organizm zaxiralarini faollashtiradi va ichak kasallanishi alomatlarini yengillashtiradi”, — deya ularning fikrini keltirib oʻtadi Nature Communications manbasi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda olimlar qizil piyoz tarkibida oʻziga xos sogʻlomlashtirish xususiyati borligini isbotlashgandi. Piyozning qizil navi tarkibida yuqori darajada kvertetsin-flavonoid mavjud boʻlib, bu organizmni kelgusida boʻlinish xususiyatini yoʻqotgan eski hujayralardan tozalab beradi. Qizil piyoz aynan shu jihati bilan organizmni saraton rivojlanishidan boshqa hamma mahsulotlardan koʻra samaraliroq himoyalaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring