Samarqandda yana bir universitet filiali tashkil etiladi
Arxiv surat
Toshkent davlat agrar universitetini 2030-yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasi eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalar hamda yoshlarni oliy taʼlim qamrovini oshirish maqsadida “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali”ni tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Bunda Samarqand filialida tashkil etiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻquv-uslubiy taʼminotini yaratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilidan Filial faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2025-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish ham belgilab qoʻyilgan.
Masʼul ijrochilar — prorektorlar (S.Islomov, K.Sultonov, I.Isroilov, A.Abduvosiqov, Sh.Sattorov).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring