Samarqandda Oʻzbekiston—Belarus Hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

17:51 06 Dekabr 2023 Siyosat
163 0

Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va va Belarus Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Leonid Zaytsev hamraisligida Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari hamda moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida sanoat kooperatsiyasi, transport aloqasi, qishloq xoʻjaligi, hududlararo sheriklik, sogʻliqni saqlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan konstruktiv fikr almashish doirasida Bir qator investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Shu yoʻnalishda 2024-2025-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni va tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashning elektron tizimidan foydalanish toʻgʻrisida bitim ishlab chiqish boʻyicha rejalar kelishib olindi. Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hududlararo forumi hamda Oʻzbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga kelishib oldilar.

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Qurilish materiallari, farmatsevtika mahsulotlari, mebel, trikotaj va charm-moʻyna mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, kartoshkachilik, chorvachilik, baliqchilik va boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha qator yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishni nazarda tutgan holda iqtisodiy oʻsish nuqtalari belgilandi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasida Belarus tibbiyot muassasalarining ikkita filialini tashkil etish, shuningdek, innovatsiyalar bilan almashish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, dori vositalarini oʻzaro yetkazib berish va birgalikda ishlab chiqarish sohasidagi loyihalar amalga oshirish, malaka oshirish dasturlarini joriy qilish, oliy oʻquv yurtlari va sogʻliqni saqlash tizimining hududiy boshqarmalarida stajirovka va akademik almashinuv kurslarini tatbiq etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Yigʻilish yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil rivojlantirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, Hukumatlararo komissiyasi 10-yigʻilishining yakuniy bayonnomasi hamda oʻsimliklar karantini sohasida axborot tizimlarini integratsiyalash toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер