Samarqandda karantindan qochgan fuqaro Denovda qamoqqa olindi
Foto: www.google.com
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16-mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20-mart kuni soat 22:00 atrofida yashirin ravishda shifoxonadan qochib ketgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro A.A. 16-mart kuni Moskva orqali Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Shu kunning oʻzida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ammo karantinning beshinchi kuni — 20-mart soat 22:00 dagi yoʻqlama vaqtida u shifoxonadan qochib ketgani maʼlum boʻlgan.
“U yashash manzili — Denov tumanida ushlangan. U hozirda gumonlanayotgan koronavirus kasalligiga chalingan boʻlishi mumkinligi, karantinga olingan joydan yana qochib ketishi va atrofdagilarni jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan ʼqamoqqa olishʼ tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllanildi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu shaxs oʻz uyida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida karantinda saqlash uchun izolatsiyaga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqanddagi karantin markazidan 66 yoshli parkentlik fuqaro qochib ketgani, Qashqadaryodagi karantin markazidan esa 25 yoshli namanganlik yigit qochishga uringan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Ularning har ikkisi Rossiyadan poyezdda qaytgan edi. Maʼlumotlarga koʻra, ulardan birinchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring