Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarildi

10:52 18 Mart 2026 Jamiyat
152 0

Foto: FVV

Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 17-mart kuni soat 16:53 da Samarqand viloyati FVBga “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali Samarqand tumani “Ravonak” MFYda joylashgan xonadonlardan birida qarovsiz qolgan bolakay hojatxonaga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan FVV qutqaruvchilari bolakayni hojatxonadan olib chiqib, uning hayotini saqlab qolgan. Bildirilishicha, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер