Samarqandda ayollar ekoforumi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida “Ekologiya va sogʻlom turmush tarzi oiladan boshlanadi” mavzusida ayollar ekoforumi oʻtkazildi.
Dastlab “Universitet xiyoboni”, “Markaziy istirohat bogʻi” va Mustaqillik koʻchasi boʻylab “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostidagi piyoda yurish marafoniga start berildi. Unda partiya Markaziy Kengashi “Ayollar qanoti” aʼzolari, faol xotin-qizlar, talaba yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosi hududida tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi, yoshlarning tabiatga bagʻishlab chizgan suratlari hamda yosh shaxmatchilar tanlovi tashkil etildi.
Shuningdek, ayollar ekoforumining tantanali ochilish marosimi, koʻrgazma va tanlov gʻoliblarini taqdirlash tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan ekoforum qatnashchilari chiqindilarni saralab yigʻish boʻyicha “plogging” aksiyasi hamda “Dinamo” markaziy stadionida oʻtkazilgan hududlar oʻrtasidagi velomarafon musobaqasida ishtirok etdi. Ular Samarqand shahrining tarixiy, meʼmoriy obidalari, diqqatga sazovor joylari va “Boqiy shahar” turizm maskanini ham ziyorat qilishdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring