Samarqandda 7 yoshli qizcha ukalarini skuterda “kataysa” qildirdi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida skuterda serqatnov yoʻlda harakatlanib ketayotgan 7 yoshli qizcha Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, hodisa 23-iyun kuni Samarqand tumani hududida sodir boʻlgan. YPX xodimlari M-37A xalqaro avtomobil yoʻli boʻylab oʻz xizmat manziliga ketayotganda yosh qizcha ikki nafar ukasini mindirib olgan holda skuter boshqarib ketayotganini koʻrib qolgan.
Bolalarning onasiga koʻra, qizcha ruxsatsiz kalitni olib, skuterni oʻzi boshqarib ketgan.

Shundan soʻng YPX xodimi rul boshqaruvini oʻziga olib, bolalarni uyiga olib borgan va ota-onasiga topshirilgan.
Aniqlanishicha, skuter boshqarayotgan qizaloq 7, ukalari esa 5 va 2 yoshda yoshda boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring