Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Bugun, 6-may kuni Samarqand viloyatida 4 magnitudagi zilzila boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 10:41 da 4 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Yer silkinishining epitsentri Samarqand viloyati Urgut tumani. Zilzila koordinatalari: 39,32 gradus shimoliy kenglik; 67,46 gradus sharqiy uzunlik. Qoʻshimcha qilinishicha, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan. Silkinish epitsentri Toshkentdan 263 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
— Urgut tumanida 2-3 ball, 29 km.
— Toyloq tumanida 2 ball, 38 km.
— Kitob tumanida 2 ball, 38 km.
— Bulungʻur tumanida 2 ball, 45 km.
— Shahrisabz tumanida 2 ball, 47 km.
— Samarqand tumanida 2 ball, 51 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring