Samarqand shahridagi “Afrosiyob” koʻchasi qachon ochiladi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Afrosiyob koʻchasining qurilish ishlari choʻzilib ketayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mazkur koʻcha boʻyicha ayni paytda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida oʻtkazilayotgan “Ochiq muloqot” koʻrsatuvida ham aholidan murojaat kelib tushdi. Samarqand shahar hokimi hokimi Boburmirzo Oblaqulov mazkur masalaga oydinlik kiritdi.
— “Afrosiyob” koʻchasida kanalizatsiya tizimi shu paytgacha boʻlmagan, — dedi u jumladan. — Shu bois mazkur koʻchada ham talablarga mos tarzda kanalizatsiya tizimini oʻrnatish ishlarini olib boryapmiz va bu ancha vaqt talab qilmoqda. Tez kunlarda rejamiz toʻliq amalga oshadi va “Afrosiyob” koʻchasi zamonaviy qiyofaga keltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring