Samarqand sammiti tarixda qoladi — ekspert
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Abror Yusupovning aytishicha, Samarqandda oʻtkazilayotgan sammitni tarixiy deb atash uchun barcha asoslar bor.
«Samarqand – oʻrta asrlardan ilm-fan va madaniyat oʻchogʻi boʻlgan. Shu nuqtayi nazardan mintaqaning eng yirik anjumani – SHHT sammiti Sharq gavhari boʻlgan Samarqandda oʻtkazilayotgani bejiz emas.
Samarqand sammiti tarixda eng yirik anjumanlardan biri sifatida tarixda qoladi. Chunki ushbu anjumanda SHHT geografik jihatdan kengayishiga oid hujjatlar qabul qilinadi, murakkab sharoitda aʼzo mamlakatlar hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilishi kutilyapti, uch yillik pandemiyadan soʻng 15ta mamlakat rahbarining bir joyga toʻplanishi – bularning barchasini tarixiy voqea deb atash mumkin», — dedi ekspert.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring