“Rus adabiyoti durdonalari” 100 tomli kitob nashr etiladi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jahon adabiyoti durdonalari: oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar“ mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda taʼkidlanishicha, hozirgi kunda qoʻshni davlatlarning adabiy nashrlari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda. Bular qoʻshni mamlakatlar milliy adabiyotidagi zamonaviy jarayonlar bilan yaqindan tanishish, eng sara yangi asarlarni tarjima qilishga imkon beradi. Masalan, Qirgʻizistonning “Ala-too”, Qozogʻistonning “Juldiz”, Belarus Respublikasining “Nyoman”, “Maladoss” va “Polimya” kabi adabiy jurnallari bilan hamkorlik aloqalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
– Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy nashrlarida 2019 yil davomida jahon adabiyoti vakillarining sheʼr va hikoyalaridan tashqari, qator yirik asarlar ham eʼlon qilinadi, – deydi uyushma raisi Sirojiddin Sayyid. – Fyodor Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar”, serb yozuvchisi Bronislav Nushichning “Oʻn uch oydan soʻng”, nemis yozuvchilari Stefan Sveygning “Kristina”, Erix Mariya Remarkning “Qarzga olingan umr”, yapon yozuvchisi Kadzuo Isiguroning “Qalbingdan panoh istab”, ingliz adibasi Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr”, AQSH yozuvchilari Tonni Morrisonning “Muhabbat”, Irvin Shouning “Tilanchi va oʻgʻri”, fransuz yozuvchisi Gyustav Floberning “Tuygʻular tarbiyasi”, turk yozuvchisi Ahmad Shimshirgelning “Amir Temur” romanlari tarjima qilinib, chop etiladi. Shuningdek, 2019-2021 yillar davomida “Rus adabiyoti durdonalari” 100 tomligi nashr etiladi. Bunga rus mumtoz adabiyoti vakillaridan boshlab, XX asr oxirigacha boʻlgan davr shoir va yozuvchilari asarlarining oʻzbek tilidagi tarjimalari jamlanadi. Hozir ushbu loyiha ustida ishlar boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring