Rossiyada Oʻzbekistonning ikki fuqarosi halok boʻldi

12:25 22 Fevral 2020 Jamiyat
985 0

Foto: www.google.com

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi maʼlum qilishicha, 2020-yilning 18-fevral kuni Krasnodar shahridagi qurilish obyektlaridan birida Oʻzbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etgan.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 19-fevral kuni Volgograd oblasti Ilovlya tumanida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida birida Oʻzbekiston fuqarosi Sh.J. halok boʻlgan.

Mazkur fojiali vaziyatlar bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirgan hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +7-863-285-50-57.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?