Rossiya yana Ukrainani ogohlantirdi
Rossiya Ukrainaning oʻz hududiga qarshi uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini qoʻllashi Moskvaga qarshi “Gʻarb urushining yangi bosqichi” ekanligini aytib, shunga monand javob berish bilan ogohlantirdi. Ukrainaning ATACMS dan foydalanish toʻgʻrisidagi imkoniyati Jo Bayden Oq uydan ketish arafasida va Shimoliy Koreya askarlarining Kursk maydonida paydo boʻlganidan soʻng yaratildi.
Vashington Kiyevga Rossiya nishonlariga qarshi uzoq masofali qurollardan foydalanish uchun “yashil chiroq yoqqanidan” bir necha kun oʻtib, Moskva seshanba kuni Ukraina AQSHda ishlab chiqarilgan raketalarni Rossiyaning Bryansk chegarasidagi harbiy obyektni nishonga olish uchun ishlatganini aytdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Rossiyaning Bryansk viloyatiga oltita raketa bilan zarba berganini, havo hujumidan mudofaa tizimlarining beshtasini tutib olib, ulardan biriga zarar yetkazganini maʼlum qilgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Braziliyada boʻlib oʻtgan G20 matbuot anjumanida soʻzga chiqib, hujum haqida fikr bildirgan holda ittifoqchilari Ukrainani kuchaytirishni maqsad qilganini taʼkidladi.
“Biz buni Gʻarbning Rossiyaga qarshi urushining sifat jihatidan yangi bosqichi sifatida qabul qilamiz. Shunga yarasha munosabat bildiramiz”, — deya qoʻshimcha qildi u Vashingtonni Kiyevga raketalarni boshqarishda yordam berishda ayblab.
Shuningdek, seshanba kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina uzoq masofali qurollarga ega boʻlish uchun ittifoqchilari bilan muvaffaqiyatli ishlayotganini taʼkidladi. Rossiyaning Bryansk viloyatidagi hujum haqida soʻralganda, Ukraina armiyasi qanday qurol ishlatganini oshkor qilmadi, biroq ukrainalik rasmiy manba va anonim tarzda maʼlumot bergan AQSH rasmiysi “Reuters” axborot agentligiga ATACMSdan foydalanganini bildirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gʻarbni Putin imzolagan yadro qurolidan foydalanish boʻyicha yangilangan farmonni oʻqib chiqishga chaqirdi. Rossiya bir necha oydan beri Ukraina AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya raketalarini otishga ruxsat olsa, Moskva NATO aʼzolarini Ukrainadagi urushda bevosita ishtirok etgan, deb hisoblashini eslatib keladi.
Seshanba kuni AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerning aytishicha, AQSH Rossiyaning yangilangan yadro dasturidan hayratga tushmaganini va bu orqali Moskva Ukraina hamda uning atrofidagi davlatlarni qoʻrqitmoqchi ekanligini aytgan. Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qayta koʻrib chiqilgan yadroviy doktrinani vayron boʻlgan Rossiya maʼsuliyatsizligining soʻnggi namunasi ekanligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring