“Real Madrid” birinchi, “Barselona” ikkinchi
“Deloitte” auditorlik kompaniyasi oʻzining “Football Money League 2026” hisobotini eʼlon qildi. Bu haqda angliyalik jurnalist Kris Uitli xabar berdi.
Manbaga koʻra, “Real Madrid” jamoasi oʻtgan mavsumda Yevropa klublari orasida eng yuqori daromad koʻrsatkichini qayd etgan. “Qirollik klubi” oʻyinlar, ijtimoiy tarmoqlar, muxlislardan tushgan mablagʻlar, reklamalar va translyatsiyalar orqali jami 1 milliard 160 million yevro ishlab olgan.
Bu borada ikkinchi oʻrinni “Barselona” jamoasi egallagan. Kataloniya klubining umumiy daromadi 974,5 million yevroni tashkil etgan.
Eng kuchli oʻnlikdan quyidagi jamoalar oʻrin olgan:
1. “Real Madrid” — 1 milliard 160 million yevro;
2. “Barselona” — 974,5 million yevro;
3. “Bavariya” — 860,6 million yevro;
4. PSJ — 837 million yevro;
5. “Liverpul” — 836,1 million yevro;
6. “Manchester Siti” — 829,3 million yevro;
7. “Arsenal” — 821,7 million yevro;
8. “Manchester Yunayted” — 793,1 million yevro;
9. “Tottenhem” — 672,6 million yevro;
10. “Chelsi” — 584,1 million yevro.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring