Rasman “pervotchi”lar uchun ijodiy imtihonlar sanasi aniq boʻldi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasman talabalar oʻqishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari boʻlib oʻtishi belgilanganligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining oʻtkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻladi.
“Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan oʻtkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shartligi, bunday boʻlmagan taqdirda esa, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmasligi vazirlik xabarida eslatma sifatida keltirilgan.
Avvalroq, oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari sanalari eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring