Quvada qariyb 7 million dona daraxt va gul ko‘chatlari eksport qilindi
Foto: Xalq so'zi
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida mevali va manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari yetishtirish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi shakllangan.
Ayni paytda quvalik mirishkorlar dunyoning turli qit’alaridan keltirilgan yuzlab turdagi mevali, manzarali daraxtlar ko‘chatlari, anvoyi gullarni mahalliylashtirish bo‘yicha ham quvonarli yutuqlarga erishmoqda. Buning samarasi sifatida tuman ahli endilikda nafaqat yurtimiz hududlari, balki ko‘plab xorij davlatlariga ham daraxt va gul ko‘chatlari eksport qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Hozirgi kunda tumandagi 65 ta MFYning deyarli barchasida daraxt va gul ko‘chatlari yetishtirish hududning “drayver”laridan biriga aylangan. Xususan, «Qoraqum», «Yangichek», «Yangi hayot», «Tolmozor», «Boyiston», «Namuna», «Oltiariq», «Qaqir» MFYlarida mevali va manzarali ko‘chatlar yetishtirish hamda «Soyguzar», «Xonobod», «Madaniyat», «Yangiqishloq» MFYlarida atirgulchilik tarmog‘i jadal rivojlanyapti.
Quva tumani hokimligi axborot xizmatining “Xalq so‘zi” muxbiriga ma’lum qilishicha, joriy mavsumda umumiy qiymati 355 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 7 million donaga yaqin yuzlab turdagi mevali va manzarali hamda gul ko‘chatlari qalamchalari eksport qilinishiga erishildi.

Tadbirkorlar tomonidan hududlar kesimida tashkil etilgan ko‘chatchilik markazlarida daraxt va gul ko‘chatlarini turi, navi hamda katta-kichikligiga qarab saralash, xaridor talabiga ko‘ra qadoqlash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayni shu joyning o‘zida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib, tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda.
Shu maqsadda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Vodiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan 24/7 rejimida tadbirkorlarning murojaatlari qabul qilinib, yuklarni soddalashtirilgan tartibda nazoratdan o‘tkazish va qisqva fursatda eksportga yo‘naltirish uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring