Qurilish materiallari sanoatidagi rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni joriy yilda qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Oxirgi uch yilda sohaga qariyb 5 milliard dollar, shu jumladan 1,5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kiritildi. Natijada hududlarda 13 ta qurilish materiallari va 34 ta uy-joy qurish klasterlari tashkil qilindi, avval mamlakatimizda ishlab chiqarilmagan 15 turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirildi. Shuningdek, syement, keramik plita, qurilish oynasi, pardozbop toshga bo‘lgan ichki talabni to‘liq ta’minlay oladigan yangi quvvatlar yaratildi. Tarmoq eksporti 2,6 barobar ko‘paydi.
Shu bilan birga, sohani hududlar iqtisodiyotining chinakam drayveriga aylantirish uchun mavjud salohiyat va ishga solinmagan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy qilish, yuqori texnologik quvvatlarni barpo etishga, eksport va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish zarur.
Taqdimotda bu boradagi rejalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, joriy yilda kaolindan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportini ko‘paytirish, kompozit bazalt mato, shisha kristallit, qum va yog‘och polimerli kompozitlar kabi kamida 10 turdagi yangi mahsulotni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
Sohaga Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Avstriya kabi davlatlardan kamida 10 ta nufuzli brendni jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Xorijiy konsultantlar bilan hamkorlikda tarmoqda tannarxni pasaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va yangi bozorlarga chiqish uchun injiniring markazini tashkil etish taklif qilindi. Markazda soha uchun muhandis, texnolog, metrolog, dizayner kabi talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari ushbu taklif va rejalarni qo‘llab-quvvatlab, joriy yilda ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring