Qozogʻistonda koronavirusni yuqtirganlar soni oshmoqda

16:13 14 Mart 2020 Dunyo
814 0

Foto: www.google.com

Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni olti kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharip.

“Qozogʻistonda koronavirusni yuqtirganlar soni hozircha olti nafar, ulardan toʻrt nafari Olma-otada, ikki nafari Nur-Sultonda karantinga olingan”, — dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy vakili.

Shuningdek, statsionar karantindagi fuqarolar soni 1090 kishini, uy karantinidagilar soni – 452 kishini tashkil etayotgani qoʻshimcha qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?