Qirgʻizistonda oʻzbekistonlik talaba qizni mashina urib ketdi

14:27 25 May 2025 Jamiyat
310 0

Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻzbekistonlik 25 yoshli talaba qizni mashina urib yubordi. Bu haqda qirgʻizistonlik huquq faoli Aziza Abdurasulova Facebook sahifasida maʼlum qildi.

Uning bildirishicha, voqea joriy yilning 2-aprel kuni Bishkek xalqaro tibbiyot universiteti yaqinida sodir boʻlgan. Mazkur universitet talabasi, 25 yoshli A.G. yoʻlni kesib oʻtayotgan vaqtida “Hyundai Sonata” rusumli mashina urib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi komaga tushib qolgan.

24.kg nashrining manbalariga tayanib yozishicha, Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov xizmati ushbu YTHni sodir etgan haydovchi, 26 yoshli Qirgʻiziston fuqarosini qoʻlga olib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirgan.

Hozirda holat yuzasidan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 312-moddasi (avto-moto transport vositalarini boshqarish va ekspluatatsiyasi xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu modda boʻyicha sogʻliqqa ogʻir zarar yetkazilgan taqdirda 200 ming somgacha (taqriban 2300 dollar) jarima yoki 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari mavjud.

Bishkek shahar militsiyasiga koʻra, haydovchining organizmida spirtli ichimlik yoki psixotrop modda aniqlanmagan. Hozirda sud-tibbiy va huquqiy ekspertizalar tayinlangan, tergov ishlari davom etmoqda.

Ushbu voqealar fonida jabrlanuvchi A.G.ning onasi D.K. qizining avtohalokatga uchragani va Bishkekda Milliy gospitalning jonlantirish boʻlimida yotgani hamda uni Vatanga qaytarish yuzasidan yordam soʻrab, murojaat yoʻlladi.

Shundan soʻng Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov tomonidan tezkor tadbirlar tashkil etilib, Qirgʻiziston Respublikasidagi tibbiyot xodimlari, elchixona vakillari hamda boshqa mutaxassislar ishtirokida fikr almashilib, A.G. kecha, 24-may kuni Toshkent shahriga olib kelingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер