Qibrayda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Qibray tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro D.A. 1 860 dona “PRO LIPOLYTIC” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaroga 1 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, muqaddam JKning 246-moddasi bilan sudlangan fuqaro A.A.ning “Maʼrifat” MFY hududidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, 540 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring