Qatarda 11 yoshli oʻzbekistonlik bola halok boʻldi
Foto: “Dunyo”
Qatarda 11 yoshli oʻzbekistonlik bola halok boʻldi. Mintaqadagi keskinlik va transport-logistika bilan bogʻliq cheklovlar sabab marhumning jasadi mazkur davlatda dafn etilgan.
“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, Toshkent shahrida tugʻilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida, bosh qismidan olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.
Bu haqda maʼlumot kelib tushishi bilan Oʻzbekistonning Qatardagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan ushbu mamlakatdagi tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni tezkorlik hal etish choralari koʻrilgan.
Marhumning oila aʼzolariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, mintaqada yuzaga kelgan vaziyat hamda transport-logistika bilan bogʻliq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy anʼanalarga muvofiq ravishda Qatarda dafn etilgan. Marosim bolaning yaqinlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring