Qahramon shoir yodi
Ibroyim Yusupov o‘zining serqirra ijodi, betakror she’riyati, publitsistik asarlari bilan yorqin iz qoldirgan adiblar sirasiga kiradi. Uning “Baxt lirikasi”, “Kunchiqar yo‘lovchisiga”, “O‘ylar”, “Yetti navo”, “Dala orzulari” singari o‘ndan ziyod she’riy to‘plamlari, doston va poemalari allaqachon qoraqalpoq va o‘zbek xalqining adabiy mulkiga aylanib ulgurgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov xotirasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirda ana shular haqida so‘z yuritildi.
Ibroyim Yusupov qardosh xalqlar va jahon adabiyoti durdonalaridan tashkil topgan A. Pushkin, M. Lermontov, T. Shevchenko, J. Bayron asarlari, Shekspir sonetlari, Navoiy va Hofiz g‘azallari, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qildi. Shuningdenk, uning asarlari rus, o‘zbek, qog‘oq tili bilan bir qatorda ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar tillariga ham o‘girilgan.
U Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordeni sohibidir. 2004 yilda Ibroyim Yusupov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Tadbir doirasida shoir hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan foto va kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Mavjuda XOLMATOVA.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring