Profilaktika inspektorlarining formasi oʻzgaradi
Foto: IIV Akademiyasi
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanishi belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Aholining huquqlarini taʼminlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish topshirildi.
Ilgʻor tajriba asosida aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qatʼi nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi, koʻchada formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng boʻladi.
Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi u bilan tezkor bogʻlanish uchun aloqa tugmasi bilan jihozlanadi. Yaʼni profilaktika inspektori qayerda boʻlmasin, aholi uni qoʻl telefoni va planshetiga tun-u kun bogʻlanishi mumkin boʻladi.
Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan koʻrinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi, “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov boʻlimida materiallarni koʻrib chiqadigan tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi.
Bundan buyon profilaktika inspektoriga KPI qoʻyishda protokol tuzish mezon boʻlmaydi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni ham profilaktikaga yoʻnaltirgan va taʼsirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring