Prezident yangi qonunni imzoladi
Prezident “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.
Bundan tashqari, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qoʻyish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring