Prezident turizm sohasidagi vazifalarni belgilab berdi

17:44 18 Mart 2026 Siyosat
225 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida oʻtkazilayotgan yigʻilishda turizm sohasidagi vazifalarni belgilab berdi.

Xalqaro turizm bozoridagi noaniqlik holatida Oʻzbekistonni xavfsiz turistik yoʻnalish sifatida targʻib qilish boʻyicha katta kampaniya boshlanishi taʼkidlandi.

Bu jarayonda turizm uchun eng qulay davr boʻlgan aprel iyun oylari boʻyicha alohida dastur tayyorlanib, “Oʻzbekistonda ochiq turizm mavsumi” eʼlon qilinadi.

Ushbu muddat davomida aviakompaniyalarga yangi reyslarni yoʻlga qoʻyib, olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan subsidiya beriladi.

Bunday aviakompaniyalarga aeroport xizmatlari uchun 20 foiz chegirma taqdim qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер