Prezident “order” tizimi haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari ayni paytda davom etayotgan tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda tizimdagi “order” berish masalasi haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Xabaringiz bor, yaqin-yaqingacha ehtiyojmand aholining, respublika tibbiyot markazlarida davolanishi uchun «order” degan bir eski tizim bor edi.
Ushbu “orderlar” qogʻoz shaklida yuritilib, aksariyat hollarda tanish-bilishchilik asosida berib kelingani hech kimga sir emas.
Shu bilan birga, “order” uchun mablagʻlar respublika tibbiyot markazlariga bemor kelsa-kelmasa, uning miqdori yetarlimi yoki yoʻqmi, har yili oʻtkazib kelingan.
Oqibatda haqiqiy ehtiyoji bor aholi davolanish uchun yillab navbatda turgan bir vaqtda, ayrim markazlar samarasiz moliyalashtirib kelingan.
Biz bunday amaliyotdan toʻliq voz kechib, ehtiyojmand aholi uchun, respublika tibbiyot markazlarida xizmat koʻrsatishning ochiq va shaffof, yangi tizimiga oʻtdik.
Endi ixtisoslashgan markazlarda bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati shakllantirilib, tibbiy yordam uchun yoʻllanma haqiqiy ehtiyoji bor aholiga “elektron navbat” asosida berilmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring