Prezident kitobi karvoni — Surxondaryoda
Termiz shahridagi 9-maktab bugun muhim maʼrifiy tadbirga mezbonlik qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” nomli kitob-albomini hududlarga yetkazish jarayoni aynan shu taʼlim dargohidan boshlandi. Mazkur nashrning butun mamlakat boʻylab “maʼrifat va tarbiya karvoni” sifatida yoʻnaltirilayotgani uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, taʼlim sohasi masʼullari hamda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan rahbarlar ishtirok etdilar. Marosimda 15 ta tuman va shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari rahbarlariga kitob-albomlarning ilk toʻplami tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birga, Prezident asarlaridan iborat “Maʼrifat karvoni” rasman yoʻlga chiqib, viloyatning barcha hududlariga yoʻnaltirildi.

Surxondaryo viloyati boʻyicha jami 967 ta maktabga 1774 ta kitob-albom yetkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu noyob nashr oʻquvchilarda yetakchilik, masʼuliyat, vatanparvarlik, keng fikrlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim manba vazifasini bajaradi.
Kitob-albomlar taʼlim muassasalariga yetkazilgandan soʻng “Kelajak soatlari”, maktab kutubxonasi fondlari, tarbiyaviy va maʼrifiy tadbirlarda qoʻshimcha oʻquv manbai sifatida keng qoʻllaniladi.
Mazkur tashabbus yoshlarning tafakkurini boyitish, ularni yangi gʻoyalar, masʼuliyat va ezgu maqsadlar bilan ruhlantirishga qaratilgani bilan yuksak ahamiyat kasb etadi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring