Pokiston armiyasi shay holatga keltirildi
Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston bilan urushga tayyorligini eʼlon qildi. Bu haqda Pokiston mudofaa vazirligi “X” sahifasida maʼlum qilingan.
Davlat oʻz murojaatida Hindiston hududlaridan birini yakson qilish bilan tahdid qilgan. Vazirlik raketa uchirilgani aks etgan videoni ham oʻz sahifasiga joylagan.
“Rahmat, Modi — sen bizning millatimizni birlashtirding. Urushni xohlaysizmi? Unda boshlang. Pokiston bunga tayyor”, deyiladi bayonotda.
Ikki davlat oʻrtasida vaziyatning jiddiylashishi 22-aprel kuni bir guruh terrorchilar Jammu va Kashmir hududida tinch aholi va sayyohlarga hujum qilganidan keyin boshlandi. Teraktda halok boʻlgan 27 kishidan 25 nafari Hindiston fuqarolari boʻlgan.
Bundan soʻng Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qilib, mamlakatni terrorchilarni qoʻllab-quvvatlashdi ayblagan va keskin choralar koʻrgan. Bunda 1960-yilgi Hind daryosi suvlaridan foydalanish boʻyicha bitimi ham darhol toʻxtatildi.
Agar Hindiston bizning suvimizni toʻxtatsa, Pokiston Kishanganga toʻgʻonini vayron qiladi,» deyiladi Pokiston mudofaa vazirligi bayonotlaridan birida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring