Plast shahrida milliy taronalarimiz yangradi
Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatining Plast shahri sanʼat ixlosmandlari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlinmasining “Buxorcha” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan konsertni olqishlar bilan qarshi oldi. Yurtdoshlarimiz mazkur manzilda xalqaro milliy madaniyatlar XV “Sinegorye” festivali doirasida musiqiy dastur namoyish qildi.
— Ansamblimiz shu kunga qadar Yevropa va Osiyoning qator davlatlarida boʻlib, xalqimizning qadriyatlarini, anʼanalarini tarannum etuvchi loyihalarni amalga oshirdi, — deya xabar berdi filarmoniyaning viloyat filiali direktori Rauf Avezov. — Birgina “Ishq taronasi” deya nomlangan teatrlashtirilgan tomoshamiz minglab sanʼat muxlislari qalbidan joy olgan, desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. XV “Sinegorye” festivaliga kelsak, undagi musiqiy chiqishlarimiz bu yerda istiqomat qiluvchi rus, tatar, boshqird va boshqa millat vakillarida juda katta qiziqish uygʻotdi. Plast shahri sanʼatsevarlari biz bilan muloqot chogʻida Oʻzbekiston, Buxoro haqida maʼlumotlar olib, yurtimizga sayyoh sifatida kelish istagini bildirishdi.

Darvoqe, Plast salkam ikki yuz yillik tarixga ega shahar sanaladi. U oltintoparlar manzili sifatida tanilgan. Ushbu goʻsha maftunkor tabiati hamda qator diqqatga sazovor joylari bilan ajralib turadi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring