Pep Gvardiola: “Men haddan tashqari oshirib yubordim”
Kecha, 25-noyabr kuni Yevropa chempionlar ligasining beshinchi turi doirasida “Manchester Siti” jamoasi oʻz maydonida “Bayer” klubiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Mazkur oʻyindan soʻng, tashkil etilgan matbuot anjumanida “shaharliklar” ustozi magʻlubiyatdagi oʻz aybini tan oldi va asosiy tarkib haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Men avvalgi bahsga nisbatan 10 nafar boshlangʻich tarkib futbolchisini oʻzgartirdim? Agar gʻalaba qozonganimizda, bu baʼzi muammolarni yengillashtiradi, lekin tan olishim kerak: ehtimol men haddan tashqari oshirib yubordim.
Tigʻiz taqvim bilan biz har ikki yoki uch kunda oʻynaymiz. Shuning uchun, rotatsiya zarur, ammo natija shuni koʻrsatadiki, juda koʻp oʻzgarishlar ham ortiqchalik qilishi mumkin”, dedi Gvardiola, ESPN nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq, Yevropa chempionlar ligasining beshinchi tur oʻyinlari haqidagi tahlilimizda bu masalaga toʻxtalib oʻtgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring