“Paxtakor” Oʻzbekiston kubogi gʻolibi boʻldi
Kecha, 29-oktyabr kuni Oʻzbekiston Kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda “Paxtakor” va “Buxoro” klublari oʻzaro toʻqnash keldi.
Ajoyib oʻtgan oʻyin 1:0 hisobida “poytaxtliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga 62-daqiqada Hojimat Erkinov mualliflik qildi.
Shuningdek, uchrashuv bosh hakami 90+3 daqiqada “Buxoro” futbolchisi kiritgan golni passiv ofsayd holati sabab bekor qildi.
Ushbu holat boʻyicha keyinroq Oʻzbekiston futbol hakamlar markazi rasmiy izoh berib, bosh hakam Naim Qosimov toʻgʻri qaror qabul qilganini maʼlum qildi.
Shu tariqa musobaqa “Paxtakor”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻz tarixida 14-marta chempionlikni qoʻlga kiritgan “sherlar” kelgusi yili Osiyo chempionlar ligasi 2-turnirida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring