“Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 8-10-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.
Unga koʻra, 8-9-dekabrda Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 8-10-dekabrda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor)kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
9-10-dekabrda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10-dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring