Oʻzbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda

11:14 26 Noyabr 2020 Jamiyat
1983 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy hafta oxiri – juma, shanba va yakshanba kunlari mamlakatda qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 27-29-noyabr kunlari Oʻzbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga boʻyi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

27-noyabrda Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomgʻir yogʻishi mumkin.

28-noyabrda Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari boʻyicha yogʻingarchilik baʼzi joylarda kuchili (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning togʻ hududlarida qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Yoʻllarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28-noyabrda Respublika boʻyicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, baʼzi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29-noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 10-12 darajaga kam boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер