Oʻzbekistonda suv kodeksi qabul qilindi
Illyustrativ foto
Qonun bilan bugun, 30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kodeks suv, suv obyektlari, suv xoʻjaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksga koʻra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Shuningdek, suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga boʻlinadi.
Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Oʻzbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;
- Oʻzbekistonda joylashgan va uning hududini kesib oʻtadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.
Keltirilishicha, suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.
Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring