Oʻzbekistonda qancha Xitoy fuqarosi bor?

20:46 17 Fevral 2020 Jamiyat
1184 0

Fotо: UzA

Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyidan 14-fevralgacha boʻlgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasidan Oʻzbekistonga kelgan 4 305 nafar fuqarolar roʻyxati olingan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi maʼlumotida aytilgan.

Xitoydan kelganlarning 3 058 nafarida 14 kunlik tibbiy kuzatuv davri yakunlangan boʻlib, bugungi kunda 634 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Oʻzbekiston hududida jami 495 ta Xitoy Xalq Respublikasi bilan qoʻshma korxonalar mavjud boʻlib, bugungi kunda ushbu qoʻshma korxonalarda 2 845 nafar xitoylik fuqarolar faoliyat olib bormoqda.

Xitoy Xalq Respublikasida yangi yil bayramini oʻtkazib bugungi kunda respublikamiz hududiga qaytib kelayotgan Xitoylik fuqarolarni (oʻrta hisobda kuniga 30-40 nafar) boradigan manziliga aniqlik kiritilib, korxonalar va mehmonxonalarda kelgan kunidan boshlab 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuv ostiga olinmoqda.

Joriy yilning 1-14-fevral kunlari davomida 451 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari respublika hududiga kirib kelgan va ular oʻrtasida kasallik aniqlanmagan (tibbiy kuzatuv olib borilmoqda).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?