Oʻzbekistonda Oʻquv markazlari uyushmasi tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va oʻqish xarajatini qoplash yoʻlga qoʻyilgani katta samara berdi. Xususan, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo boʻldi. Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy oʻquv markazlarining soni 3 karra koʻpayib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yoʻnalishdagi yosh tadbirkorlar Oʻquv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qoʻllab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga aʼzo boʻlgan xususiy oʻquv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning oʻqituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilgʻor taʼlim markazlariga stajirovkaga yuborish yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring