Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi sifatida qoʻllaniluvchi minimal isteʼmol xarajatlari belgilandi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, 2025-yil (yillik) inflyatsiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar boʻyicha narx indekslari asosida alohida indeksatsiya qilish natijasiga koʻra, 2026-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming soʻmni tashkil etgan.
Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
- kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
- Oʻzbekiston Respublikasida ham mazkur amaliyot ilgʻor xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan uslubiyot asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring