Oʻzbekiston va Polsha chegara xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi
Oʻzbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha chegara xizmati bosh komendanti, general Robert Bagan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda transport koridorlarining toʻlaqonli faoliyat yuritishi muhim ekanligi qayd etildi. Tomonlar logistik yoʻlaklar samaradorligini oshirish va yuk tashish jarayonlarini yengillashtirish boʻyicha fikr almashdilar.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikka alohida toʻxtalib oʻtildi. Oʻzbekistonlik mutaxassislarni Polshaga tartibli va xavfsiz tarzda ishga jalb etish ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Muzokaralarning muhim qismi ikki davlat chegara xizmatlari oʻrtasidagi bevosita hamkorlikka bagʻishlandi. Jumladan, Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlari va Polsha chegara xizmati oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va xavfsizlikni taʼminlash masalalarida hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring