Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-84-son, 06.03.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Afgʻoniston oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan.
Unga koʻra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida afgʻon tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring