Oʻzbekiston tarixda ilk marotaba Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylandi
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat munosabatlari xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga toʻliq barham berildi, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish xususan, xalqaro mehnat, ishlab chiqarish, texnik, ekologik standartlarni keng tatbiq etish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Bu boradagi ishlar xalqaro hamjamiyat, xususan Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ham eʼtirof etildi hamda qator xalqaro anjumanlarda Oʻzbekiston qisqa muddatlarda yuqori natijalarga erishgan mamlakat sifatida boshqa davlatlar uchun oʻrnak boʻlishi taʼkidlanmoqda.
Bugun Jeneva shahrida davom etayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylovlarda Yevropa hududidan eng koʻp ovoz toʻplab Oʻzbekiston tarixda ilk marotaba Kengash aʼzoligiga saylandi.
Bu oʻz oʻrnida Oʻzbekistonning global mehnat siyosatida faol ishtirok etishiga, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda, mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan yangi taklif va gʻoyalarning ishlab chiqilishida bevosita Oʻzbekistoning ham faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlarni ochadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring