Oʻzbekiston Pro ligasi 5-apreldan start oladi
Foto: PFL
Oʻzbekiston Pro ligasining yangi mavsumi 5-aprel sanasida start oladi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Pro liga 5-apreldan start oladi, musobaqada 14 ta klub ishtirok etadi. Ular 13 tadan uy va safar — jami 26 ta oʻyinda qatnashadi.
Ligada musobaqani mart oyidagi FIFA kunlaridan avvalroq boshlash imkoniyati ham mavjud. Biroq Namangan, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Kattaqoʻrgʻon, Nukus kabi shaharlardagi jami 7 ta stadionda taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Gʻazalkentdagi stadionda esa qurilish ishlari hali boshlanmagan. Shu sababli “Nasaf” va “Mashʼal” kabi Superliga klublari mavsumni Pro liga uchun rejalashtirilgan maydonda boshlaydi.
Maʼlumot uchun, Pro liganing oʻtgan mavsumida 6 ta jamoa ishtirok etgan va yakunda Toshkentning “Lokomotiv” klubi chempionlikni qoʻlga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring