Oʻzbekiston Oʻshga 200 tonna insonparvarlik yordami joʻnatdi
Foto: Telegram
Bugun, 16-iyul kuni Oʻzbekistondan seldan zarar koʻrgan Qirgʻizistonning Oʻsh shahri Qorasuv hududiga insonparvarlik yordamlari yetkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 13 ta avtomashinaga ortilgan jami 200 tonna yuk Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” chegara postidan olib oʻtilgan. Insonparvarlik yordami tarkibidan xoʻjalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar oʻrin olgan.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchilik qilgan. Hokim Oʻshdagi Yangi mahallasiga borib, aholiga Oʻzbekiston prezidentining salomi va hamdardligini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi “Oq boʻyra soy” koʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur texnogen oqibatida viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Shahrixonsoy qirgʻogʻidan 10-12 yoshlardagi qizaloqning jonsiz tanasi topildi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, qizcha qoʻshni Qirgʻiziston hududidan oqib kelgan, jasad “Doʻstlik” chegara posti orqali Oʻsh viloyatiga joʻnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring