«O‘zbekiston Markaziy Osiyoni o‘zgartirmoqda»

Moskvada Markaziy Osiyo va Rossiya hamkorligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida taniqli iqtisodchi, Rossiya Fanlar akademiyasi xodimi Yelena Kuzmina ana shunday fikr bildirdi.
U Markaziy Osiyodagi zamonaviy siyosiy va iqtisodiy voqelik haqida so‘zlar ekan, O‘zbekiston mintaqada mutlaqo yangicha o‘rin tutayotganini e’tirof etdi.
Rossiyalik ekspert o‘z nutqida keyingi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy “nyusmeyker”ga aylanganini ta’kidladi. Mintaqada bugun kuzatilayotgan deyarli barcha jarayonda O‘zbekistonning hissasi mavjud. Respublikadagi ichki va tashqi islohotlar hozirgi kunda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mamlakat ichki siyosati hamda iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar uning tashqi siyosatini samarali tarzda hayotga tatbiq qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratayotir.
— Mintaqaning ko‘plab mamlakatlari aynan O‘zbekistonga o‘z e’tiborini qaratayotgani bejiz emas, — deydi Ye. Kuzmina. — Rasmiy Toshkent Markaziy Osiyodagi siyosatini aniq belgilab olganki, uning ustuvor yo‘nalishlari yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirish va bahsli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishdir.
Ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga yuksak baho bergan holda, mutaxassis Tojikiston va Qirg‘iziston bilan munosabatlarda erishilgan yutuqlar tarixiy ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdi.
Anvar MIRZAYEV
(«Xalq so‘zi») tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring