Oʻzbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deb topildi
Angliyaning mashhur sport saytlaridan biri thefight-site.com nashri havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar boʻyicha kuchlilar nomini eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, boks boʻyicha turli yoʻnalishlarning gʻoliblari sifatida Oʻzbekiston sportchilari eʼtirofga sazovor boʻlishdi.
Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “2019-yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov egallagan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.
Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan gʻalabasi koʻrsatilgan.
Maqola soʻngida “Yilning eng yaxshi boks mamlakati”, deya Oʻzbekiston nomi keltirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring