Oʻzbekiston eksporti 35-yilda qariyb 19 barobarga oshdi
2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning eksport hajmi 33,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mamlakat eksport koʻrsatkichlari yillar davomida izchil oʻsib borgan. Xususan, 1991 yilda eksport hajmi 1,8 mlrd dollar boʻlgan boʻlsa, keyingi yillarda bu koʻrsatkich bosqichma-bosqich oshib borgan.
Jumladan, 1995 yil 3,7 mlrd dollar, 2000 yil 3,3 mlrd dollar, 2005 yil 5,4 mlrd dollar, 2010 yil 13,0 mlrd dollar, 2015 yil 12,5 mlrd dollar, 2020 yil 15,1 mlrd dollar, 2021 yil 16,7 mlrd dollar, 2022 yil 19,7 mlrd dollar, 2023 yil 24,9 mlrd dollar hamda 2024 yil 27,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Maʼlumot berilishicha, oʻtgan yilgi eksport hajmi 1991-yilga nisbatan qariyb 32 mlrd dollarga oshgan. Bu esa soʻnggi 35-yilda eksport qariyb 18,8 barobarga koʻpayganini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring