Oʻzbekiston “Al Ain Cup” tijoriy turniri gʻolibi boʻldi
Foto: OʻFA
Bugun, 18-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan “Al Ain Cup” musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. 70-daqiqada Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa musobaqa gʻolibi penaltini zarbalari seriyasiga koʻra aniqlandi. Seriyada Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan Eldor Shomurodov, Rustam Ashurmatov, Abdulla Abdullayev va Akmal Mozgovoy aniq zarba yoʻlladi. Faqatgina Jamshid Iskanderov zarbada adashdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi posboni Abduvohid Neʼmatov 2-marta Eron milliy terma jamoasi futbolchilarining zarbasini bartaraf etdi va seriya yakuniga koʻra, “oq boʻrilar” 3:4 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain Cup” turnirini chempionlik bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring