Oʻzbekiston Afrika qitʼasi vakili bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi
5-fevral kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Somali oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunike (bu rasmiy bayonot yoki muhim voqealar haqida qisqa rasmiy axborot – tahrir) imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Xabarga koʻra, ikki mamlakat hukumatlari nomidan diplomatik munosabatlar oʻrnatishga doir hujjatlarni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzolashgan.
“Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Maʼlumot uchun, Somali Federativ Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 157-davlatga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2024-yilda Afrika, Amerika va Yevropaning 12 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring