Oʻzbek sanʼati ogʻir judolikka uchradi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qoʻrqdim” kabi qoʻshiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib oʻrin egalladi.
“Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining “oltin fondi”ga kiritilgan boʻlib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring