“Oʻzbek kinosi kunlari” Qozon shahrida davom etmoqda
Kecha Qozon shahridagi “Mir” kinoteatrida “Oʻzbek kinosi kunlari” ochildi.
Tadbirda Tatariston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari Damir Natfullin, Oʻzbekiston Respublikasining Qozondagi konsulligi bosh konsuli Fariddin Nasriyev, Oʻzbekiston delegatsiyasidan Oʻzbekiston xalq artisti Rajab Adashev hamda kinoaktrisa Feruza Saidovalar ishtirok etishdi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Ochilish marosimidan soʻng, rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non”, Hilol Nasimovning “Hayot” badiiy filmlari namoyish etildi. 4-5-oktyabr kunlari tataristonlik kinomuxlislar va Qozondagi oʻzbek diasporasiga rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqoʻrgʻon” va “Abdullajon”, Abduvohid Gʻaniyevning “Elparvar” hamda Akbar Bekturdiyevning “Tinchlik ortida” badiiy filmlari taqdim qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 1-oktyabr kuni Moskvada “Oʻzbek kinosi kunlari“ tadbiri boshlangan. Besh kun ichida tomoshabinlarga oʻzbekistonlik rejissyorlar tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta badiiy va 4 ta hujjatli film namoyish etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring